Docker Compose yordamida Code Server ko'tarish
Code Serveri serverda Visual Studio Code (VS Code) ni ishga tushirish imkonini beruvchi vositadir, ya'ni siz internetga ulangan holda istalgan kompyuterdan, istalgan joydan VS Code muhitingizga kirishingiz mumkin. Ushbu serverga yo'naltirilgan o'rnatish hamkorlikdagi loyihalar, ta'lim sozlamalari yoki turli joylardan foydalanish mumkin bo'lgan development environment xohlagan har qanday senariy uchun idealdir.
Qulayliklar
Foydalanish imkoniyati: Development environmentga istalgan joydan kiring. Hamkorlik(Collaborative): Bir xil development environment sozlamalarini bo'lishib, boshqalar bilan hamkorlik qilishni osonlashtiradi. Muvofiqlik: Turli xil sozlamalardan foydalangan holda turli dasturchilardan kelib chiqadigan muammolarni yumshatish. Resurslarni optimallashtirish: Server resurslaridan samarali foydalaning, local kompyuteringizda resurslarni tejang.
O'rnatish va Sozlash
Ushbu bo'limda biz sizni Docker Compose yordamida sozlash jarayoni bo'yicha yo'l-yo'riq beramiz, sozlash jarayonini soddalashtirish uchun oldindan belgilangan docker-compose.yml faylidan foydalanamiz.
- Serverimizda
code-servernomli jild ochib olamiz va uni ichigadocker-compose.ymlfayl ochamiz.
mkdir code-server
nano docker-compose.yml- nano matn muhharri orqali ochilgan oynaga quyidagi kodni nusxalang va o'zingizga moslab sozlab oling.
---
version: "2.1"
services:
code-server:
image: lscr.io/linuxserver/code-server:latest
container_name: code-server
environment:
- PUID=1000
- PGID=1000
- TZ=Etc/UTC
- PASSWORD=linux #ixtiyoriy
- HASHED_PASSWORD= #ixtiyoriy
- SUDO_PASSWORD=password #ixtiyoriy
- SUDO_PASSWORD_HASH= #ixtiyoriy
- PROXY_DOMAIN=code-server.my.domain #ixtiyoriy
- DEFAULT_WORKSPACE=/config/workspace #ixtiyoriy
volumes:
- /path/to/appdata/config:/config
ports:
- 8443:8443
restart: unless-stoppedServeringizda Docker va Docker Compose o'rnatilgan bo'lishi talab qilinadi
Environment o'zgaruvchilarini ehtiyojlaringizga qarab sozlang. Bu yerda har bir o'zgaruvchining qisqacha izohi:
PUIDvaPGID: Foydalanuvchi va guruh identifikatorlari fayl ruxsatlari to'g'ri o'rnatilganligiga ishonch hosil qilish uchun.TZ:Server uchun vaqt mintaqasi.PASSWORD&HASHED_PASSWORD:Code serveriga kirish uchun parollar (yoki ochiq matn yoki xeshlangan).SUDO_PASSWORDvaSUDO_PASSWORD_HASH:sudo-ga kirishni ta'minlash uchun parollar (yoki ochiq matn yoki xeshlangan).PROXY_DOMAIN:Agar proksi-serverdan foydalanayotgan bo'lsangiz, bu yerda domenni belgilang.DEFAULT_WORKSPACE:standart ish maydoni jildi.
- Code seerverni o'rnatish uchun docker composeni ishga tushiramiz.
docker compose up -d- Tabrikalymiz siz Code Serverni muvafaqqiyatlari serveringizga o'rnatdingiz. Docker containerlar ro'yxati orqali code-server containerni ko'rishingiz mumkin. Code Server
8443portda ishlab turibti. Brauzeringiz orqaliSERVER_IP:8443ga kirsangiz Code Server ochiladi va agar parol o'rnatgan bo'lsangiz sizdan parol so'raydi. Bu konfigratsiyada parolga- PASSWORD=linux #ixtiyoriyqo'yilgan.