Mastering Docker: Buyruqlar bilan ishlash to'liq qo'llanmasi
Docker — bu dasturlarni izolyatsiyalangan konteynerlarda ishga tushirish imkoniyatini beruvchi platforma bo'lib, bugungi kunda keng qo'llaniladi. Docker konteynerlari applicationlarni tez va ishonchli ravishda ishga tushirish, deploy qilish va boshqarish uchun ishlatiladi. Konteynerlar bir xil operatsion tizim kernelidan foydalangan holda izolyatsiyalangan muhitda applicationlarni ishga tushirish imkonini beradi. Ushbu qo'llanma Docker bilan ishlashda eng ko'p qo'llaniladigan buyruqlarni o'z ichiga oladi va bu buyruqlarni tushunib olish sizga Docker bilan samarali ishlashda yordam beradi. Docker'ning asosiy imkoniyatlari — ko'p marta ishlatilishi mumkin bo'lgan imagelarni yaratish, konteynerlarni boshqarish, ularni turli muhitlarda(environment) ishga tushirish va monitoring qilishni o'z ichiga oladi. Docker buyruqlaridan foydalanib, siz o'z dasturiy ta'minotingizni yanada optimallashtirish va ko'chma qilish imkoniga ega bo'lasiz.
-
Bu qo'llanmani o'qishdan oldin siz Docker bila tanish bo'lishingiz kerak agar tanish bo'lmasangiz quyidagi qo'llanmani o'qib chiqishingizni tavsiya beramiz - Dockerga Kirish (opens in a new tab).
-
Bu qo'llanmani to'liq o'zlashtirshingiz uchun siz amaliyot qilishingiz kerak bo'ladi va sizda docker o'rnatilgan bo'lishi kerak agar o'rnatilmagan bo'lsa ushbu qo'llanmani ko'rib chiqib docker o'rnatib olishingiz kerak bo'ladi - Linux serverlarga Docker o'rnatish (opens in a new tab)
-
Dockerfile yozishni ham bilishingiz bu qo'llanmada sizga asqotadi - Dockerfile yozish (opens in a new tab)
Docker asosiy buyruqlari
Bu buyruq Dockerning o'rnatilgan versiyasini tekshirish uchun ishlatiladi. U Docker Client va Server (Docker daemon) haqidagi versiya ma'lumotlarini ko'rsatadi.
docker version- Client va Server versiya raqamlari.
- API versiyasi.
- Git commit raqami.
- Go versiyasi
- Build daqiqalari va mos OS (operatsion tizim).
Bu buyruq Docker daemon haqida batafsil ma'lumot beradi,
docker info- Docker versiyasi.
- Mavjud konteynerlar va imagelar soni.
- Docker engine'ning ishlash holati va xotira bo'yicha cheklovlar.
- Networklar, volumelar, storage driverlari haqida ma'lumot.
Bu buyruq har qanday Docker buyruqlari uchun yordamchi ma'lumot olish uchun ishlatiladi. Agar qaysidir buyruqning barcha parametr va variantlarini bilishni xohlasangiz, ushbu buyruq yordamida qo'shimcha ma'lumot olasiz.
docker --helpImagelar bilan ishlash
Bu buyruq hozirgi tizimda mavjud bo'lgan Docker imagelar ro'yxatini ko'rsatadi.
docker images- Image nomi (REPOSITORY).
- Teg (TAG).
- Imagening identifikatori (IMAGE ID).
- Yaratilgan vaqti. (CREATED)
- Hajmi (SIZE).
Bu buyruq Docker Hub yoki boshqa registrydan ma'lum bir imageni yuklab olish uchun ishlatiladi. tag ko'rsatilmagan bo'lsa, Docker latest tagli docker imageni avtomatik yuklaydi.
docker pull image-nomi:tag- Imagening layerlarining yuklanishi haqida ma'lumot.
- Yuklanish muvaffaqiyatli bo'lsa, tasdiqlovchi xabar.
Bu buyruq Dockerfile asosida image yaratish uchun ishlatiladi. Bu buyruq Dockerfile joylashgan katalogni ko'rsatadi va unga asoslangan yangi imageni yaratadi. agar Dockerfile buyruqni ishga tushrayotgan katalogda bo'lmasa
-f /katalog/Dockerfile qilib path beriladi.
docker build -t image-nomi:tag .- Dockerfileni o'qish va har bir layer(qatlam) uchun bajarilish holati.
- Image yaratish muvaffaqiyati va identifikatori (sha256).
Bu buyruq image yangi nom va teg berish uchun ishlatiladi. Bu buyruq imageni klonlash bilan bog'liq emas, shunchaki yangi nom beradi.
docker tag image-nomi yangi-image-nomi Bu buyruq esa imageni tizimdan o'chirish uchun ishlatiladi. Agar image biron konteyner tomonidan ishlatilayotgan bo'lsa, o'chirib bo'lmaydi.
docker rmi image-nomi:tegBu buyruq docker imageni arxiv fayli sifatida saqlash uchun ishlatiladi. Bu buyruq imageni .tar formatida saqlaydi.
docker save -o image-file.tar image-nomi:tag
Bu buryuq ko'pincha internet bo'lmagan serverlarda .tar arxiv qilib imagelarni ishlatib load qilib ishlatish uchun ishlatiladi asosan.
Bu buyruq esa oldindan saqlangan imageni arxivdan yuklash uchun ishlatiladi. Bu buyruq saqlangan .tar faylini qayta Docker imagega yuklaydi.
docker load -i image-file.tarYuqorida arxivlagan docker imageni bu buyruq orqali load qilib image qilib olamiz.
Bu buyruq image yaratishda ishlatilgan layerlarning (qatlam) tarixini ko'rish imkonini beradi. Har bir layer Dockerfilening bir qatoriga mos keladi.
docker history image-nomi:tagBu buyruq image yoki konteyner haqida batafsil ma'lumot olish uchun ishlatiladi. Bu buyruq JSON formatida barcha texnik ma'lumotlarni ko'rsatadi.
docker inspect image-nomi:tag Konteynerlar bilan ishlash
Bu buyruq faol holatdagi konteynerlar ro'yxatini ko'rsatadi. Konteynerlarning ID'si, nomi, image nomi, holati va portlari haqida ma'lumot beradi.
docker ps Natijada siz har bir konteyner uchun ID, IMAGE, COMMAND, CREATED, STATUS, PORTS va NAMES ustunlari ko'rishingiz mumkin.
Bu buyruq barcha konteynerlarni (faollari va to'xtatilganlari) ko'rsatadi.
dockewr ps -aNatijada to'xtatilgan konteynerlar ham ko'rsatiladi, ularning ID'si, holati va boshqa ma'lumotlari mavjud, bu holatda bizda redis to'xtailgan konteyner hisoblanadi.
Bu buyruq yangi konteynerni imagedan yaratish va ishga tushirish uchun ishlatiladi. Agar image tizimda mavjud bo'lmasa, deafult holda avval docker pull orqali docker hub dan yuklanadi.
docker run image-nomi:tagKonteyner yaratiladi va terminalga biriktiriladi.
Bu buyruq esa konteynerni fon rejimida (detach) ishga tushirish uchun ishlatiladi, ya'ni terminal bilan bog'lanmagan holda ishga tushadi.
docker run -d image-nomi:tag
Konteyner fon rejimida ishga tushadi va terminalda konteyner ID'si ko'rsatiladi siz docker ps orqali ko'rishingiz mumkin
Bu buyruq interaktiv rejimda konteynerni ishga tushiradi va terminalni konteynerga biriktiradi. Konteyner ichida boshqarishni qo'lga olasiz, yani container ichida container consoli ochiladi )).
docker run -it image-nomi /bin/bash
# yoki
docker run -it image-nomi /bin/shKonteyner ichida interaktiv sessiya ochiladi, bu orqali konteynerda buyruqlarni bajarasiz.
Bu buyruq faol holatdagi konteynerni tartibli to'xtatish uchun ishlatiladi. Ushbu buyruq konteynerga signal yuboradi va u to'xtaydi. Konteynerni to'xtataish uchun ishlatiladi.
docker stop container-nomiRasmda konteyner faoliyatini to'xtatadi.
Ushbu buyruq to'xtatilgan konteynerni qayta ishga tushirish uchun ishlatiladi.
docker start container-nomiNatijada konteyner yana faol holatda ishlay boshlaydi.
Bu buyruq konteynerni qayta ishga tushirish(restart) uchun ishlatiladi. Ushbu buyruq konteynerni to'xtatib, keyin yana ishga tushiradi. Konteyneringiz ishlamay qolsa restart bervoring )).
docker restart container-nomiNatijada konteyner to'xtatiladi va darhol qayta ishga tushiriladi.
Bu buyruq Konteynerni darhol to'xtatish uchun ishlatiladi. Bu buyruq signal yuborib, konteynerni zo'rlik bilan majburan to'xtatadi.
docker kill container-nomiNatijada konteyner favqulodda to'xtatiladi.
Bu buyruq to'xtatilgan konteynerni tizimdan o'chirish uchun ishlatiladi. Faol holatdagi konteynerni o'chirib bo'lmaydi, avval docker stop yoki docker kill bilan to'xtatish kerak.
docker rm container-nomiBu buyruq ishlayotgan konteyner ichiga kirib, interaktiv buyruqlarni bajarish imkonini beradi. Agar konteynerda bash yo'q bo'lsa, sh ishlatiladi.
docker exec -it container-nomi /bin/bash
# yoki
docker exec -it container-nomi /bin/shNatijada konteyner ichida interaktiv terminal sessiyasi ochiladi va siz container ichida ishlayverasiz mezza qilib ))
Bu buyruq konteynerning loglarini ko'rish imkonini beradi. Bu buyruq yordamida konteyner faoliyati davomida chiqarilgan ma'lumotlarni ko'rishingiz mumkin. Konteynerdagi applicationingiz ishlamay qolsa sizga aniq kerak bo'ladi ))
docker logs container-nomiRasmda redis kontaeyneri loglarini ko'rsatilgan.
Konteynerga volume ulash uchun ishlatiladi. Bu buyruq yordamida konteynerning ma'lum bir katalogiga volumeni ulaysiz va bu katalogdagi ma'lumotlar konteyner o'chirilgandan keyin ham saqlanadi.
docker run -v volume:/path image-nomiBu buyruq bir nechta parametrlar bilan ishlaydi:
-
-d (detach mode)— Konteynerni fon rejimida ishga tushiradi, ya'ni terminalga bog'lanmaydi va orqa fonda ishlaydi. -
-p 8081:8081— Lokal hostning 8081 portini konteyner ichidagi 8081 portiga ulanadi. Bu orqali host tizimingizda http://localhost:8081 manzili orqali konteyner veb-interfeysiga kirish mumkin bo'ladi. -
--name nexus— Konteynerganexusnomini beradi. Bu nom keyinchalik konteynerni boshqarishda ishlatilishi mumkin (start, stop, restart va boshqalar). -
-v /mnt/nexus-data:/nexus-data— Host tizimdagi/mnt/nexus-data katalogini konteyner ichidagi/nexus-datakatalogiga ulaydi. Bu konteyner ma'lumotlarining persistent storageni ta'minlaydi, shunda konteyner o'chirilganda ham ma'lumotlar saqlanib qoladi. -
sonatype/nexus3— Ishga tushirilayotgan Docker image. Bu yerdasonatype/nexus3— Nexus Repository Manager'ning 3-versiyasiga tegishli image.
sudo docker run -d -p 3000:3000 --name devops-journey --restart always devopsjourneyuz/devops-journey-uz:latestBu buyruq bir nechta parametrlar bilan ishlaydi:
-d— konteynerni fon rejimida ishga tushiradi.-p 3000:3000— lokal mashinaning 3000-portini konteynerning 3000-portiga ulanadi.--name devops-journey— konteynerga "devops-journey" nomini beradi, shunda keyinchalik konteyner bilan ishlashda bu nomdan foydalanish mumkin bo'ladi.--restart always— konteyner to'xtab qolsa, u avtomatik ravishda qayta ishga tushiriladi.devopsjourneyuz/devops-journey-uz:latest— Docker Hub yoki boshqa registrydandevops-journey-uz:latestimageni yuklab, ishga tushiradi.
Bu buyruq konteyner ishga tushganda unga muhit o'zgaruvchilarni (environment variables) o'rnatish orqali ishlatish mumkin.
docker run --name mysql-server -e MYSQL_ROOT_PASSWORD=FL20315dl2w132 -d mysql:latestRasmdagi namunada -e MYSQL_ROOT_PASSWORD=FL20315dl2w132 MySQL root foydalanuvchisi uchun parolni belgilaydi. -e bu muhit o'zgaruvchisini (environment variable) o'rnatadi.
Volumelar bilan ishlash
Volumelar bilan ishlash Dockerda konteynerlarga doimiy saqlash (persistent storage) imkonini beradi. Volumelar konteynerlar o'chirilganda yoki qayta ishga tushirilganda ham ma'lumotlarni saqlab qoladi. Quyida volumelar bilan ishlash bo'yicha asosiy buyruqlar va ularning misollarini ko'rib chiqamiz.
Bu buyruq tizimda yaratilgan barcha volumelarni ro'yxatini ko'rsatadi.
docker volume lsBu buyruq yangi volume yaratish uchun ishlatiladi. Bu volume keyinchalik konteynerlarga ulanish uchun ishlatiladi.
docker volume create volume-nomiBu buyruq mavjud volumeni tizimdan o'chirish uchun ishlatiladi. Agar volume biron konteyner tomonidan ishlatilayotgan bo'lsa, uni o'chirib bo'lmaydi.
docker volume rm volume-nomiBu buyruq Docker tizimida foydalanilmayotgan volumelarni o'chiradi. Agar volume biror konteyner tomonidan ishlatilmayotgan bo'lsa, u tizimdan olib tashlanadi. Bu tizim bo'sh joyini optimallashtirishga yordam beradi.
docker volume pruneBu buyruq tizimdagi barcha volumelarni o'chirish uchun ishlatiladi. Bu yerda docker volume ls -q barcha volumelarni faqat ID'si bilan ro'yxatlaydi, va bu ro'yxatni docker volume rm yordamida o'chiradi.
docker volume rm $(docker volume ls -q)Agar siz barcha volumelarni tezda o'chirish kerak bo'lsa sizga bu buyruq kerak bo'ladi.
Bu buyruq volume haqida texnik ma'lumotlar, volumening joylashuvi, mountpointlari kabi ma'lumotlarni qaytaradi.
docker volume inspect volume-nomiBu buyruq konteynerga volumeni ulash va shu volume orqali ma'lumotlarni konteynerdan tashqarida saqlash uchun ishlatiladi. Konteyner ichidagi katalog volume bilan bog'lanadi va volumeda saqlangan ma'lumotlar konteynerdan o'chirilgandan keyin ham mavjud bo'ladi.
docker run -v volume-nomi:/data busyboxBu misolda mysql-volume volume konteynerdagi /var/lib/mysql katalogiga ulanadi va konteynerdagi barcha ma'lumotlar volumeda saqlanadi.
Bind mount (Host Path) bilan volume ulash hostdagi katalogni konteynerdagi katalogga ulash uchun bind mountdan foydalaniladi.
docker run -v /host/path:/container/path <image>Bu holatda host tizimidagi mnt/nexus-data katalogi konteynerdagi nexus servisining nexus/dataga ulanadi. Shu bilan, hostdagi katalogdagi fayllar konteyner ichidagi /nexus-data kataloga xizmat ko'rsatiladi.
Bind mount yordamida konteyner va host tizim o'rtasida real vaqtda ma'lumot almashinuvini tashkil qilish mumkin.
Docker Network bilan ishlash
Docker networklari konteynerlar orasidagi aloqani ta'minlash va izolyatsiyalangan muhitda applicationlarni ishga tushirish uchun ishlatiladi. Quyida Docker networklari bilan ishlash uchun asosiy buyruqlar va ularning ishlash tartibi keltirilgan.
- Docker Networkni yaxshi tushinish uchun quyidagi video qo'llanmani ko'rishni tavsiya qilaman - Docker Networking Tutorial (Bridge - None - Host - IPvlan - Macvlan - Overlay) (opens in a new tab)
Bu buyruq hozirgi tizimda mavjud bo'lgan barcha network(tarmoq)lar ro'yxatini ko'rsatadi.
docker network lsNatijada siz tarmoqlarning NETWORK ID'si, nomi(NAME), turi(DRIVER) (bridge, host, overlay) va scope (local yoki global)ni ko'rasiz
Bu buyruq yangi tarmoq yaratish uchun ishlatiladi. Odatda bridge turidagi tarmoq yaratiladi, bu konteynerlar orasida o'zaro aloqa o'rnatish uchun ishlatiladi.
docker network create network-nomiBu buyruq tarmoq haqida batafsil texnik ma'lumot beradi, jumladan, tarmoqda ulangan konteynerlar ro'yxati va tarmoq sozlamalari.
docker network inspect network-nomiNatijada siz Docker networkning JSON formatidagi texnik ma'lumotlari, ulangan konteynerlar va boshqa tafsilotlarni ko'rishingiz mumkin.
Bu buyruq orqali siz konteynerni mavjud tarmoqqa ulash orqali siz konteynerlar orasida o'zaro aloqa o'rnatishingiz mumkin.
docker network connect network-nomi container-nomi
Natijada redis konteyneri redis-network tarmog'iga ulanadi, buni docker network inspect network-nomi orqali ko'rishingiz mumkin
Konteynerni tarmoqdan uzish uchun quyidagi buyruq ishlatiladi.
docker network disconnect network-nomi container-nomi
Natijada redis konteyneri redis-network tarmog'idan uziladi, buni docker network inspect network-nomi orqali ko'rishingiz mumkin
Bu buyruq foydalanilmayotgan tarmoqni tizimdan o'chirish uchun ishlatiladi.
docker network rm network-nomi Docker Compose bilan ishlash
Docker Compose bir necha servicelarni bir vaqtda boshqarish uchun ishlatiladi. Docker Compose yordamida applicationlarning barcha komponentlarini (masalan, web, db) bir joyda boshqarish mumkin.
- Docker Composeni yaxshi tushinish uchun quyidagi video qo'llanmani ko'rishni tavsiya qilaman - Docker Compose Tutorial for Beginners (Networks - Volumes - Secrets - Postgres - Letsencrypt) (opens in a new tab)
Bu buyruq docker-compose.yml fayli asosida barcha servicelarni ishga tushiradi. imagelar yaratilib, konteynerlar ishga tushiriladi. Ushbu buyruqni docker-compose.yml falybi bor bo'lgan katalogda ishga tushirsih kerak bo'ladi.
docker compose up
#backroundga ishga tushirish uchun
docker compose up -d
Natijada siz docker-compose.yml yozgan servicelaringiz ishgfa tushganini ko'rishingiz mumkin.
Bu buyruq barcha servicelarni to'xtatadi va ularning konteynerlarini o'chiradi. Networklar va imagelar saqlab qolinadi, lekin konteynerlar tozalab tashlanadi.
docker compose downBu buyruq faol holatdagi barcha servicelar konteynerlarini ro'yxatini ko'rsatadi, docker ps ni docker composedagi varianti ))
docker compose psBu buyruq archa konteynerlarning loglarini ko'rish imkonini beradi. Bu buyruq service konteynerlari chiqarayotgan log ma'lumotlarini ko'rsatadi, docker logs ni dockewr compsedagi varianti ))
docker compose logsBu buyruq esa muayyan service konteyneriga kirib, unda buyruqlarni bajarish imkonini beradi. Bu usul bilan faol konteyner ichida interaktiv tarzda ishlash mumkin.
docker compose exec web /bin/bashBu buyruq barcha servicelarni to'xtatish uchun ishlatiladi. Konteynerlar saqlanadi, lekin servicelar to'xtaydi.
docker compose stopDocker tozalash (Clean up)
Docker tizimida foydalanilmayotgan yoki keraksiz resurslarni tozalash uchun bir nechta buyruqlar mavjud. Ular tizimni optimallashtirish va disk joyini bo'shatish uchun ishlatiladi.
Bu buyruq Docker tizimida keraksiz bo'lgan barcha resurslarni — to'xtatilgan konteynerlar, foydalanilmayotgan imagelar, volumelar va networklarni tozalash uchun ishlatiladi.
docker system pruneBu buyruq to'xtatilgan barcha konteynerlarni tizimdan o'chiradi. Foydalanilmayotgan konteynerlarni tezda tozalash uchun qulay buyruq.
docker container pruneBu buyruq foydalanilmayotgan volumelarni o'chirish uchun ishlatiladi. Volumelar, agar hech qanday konteyner ulab ishlatilmasa, tizimda bo'sh joy egallaydi.
docker volume pruneBu buyruq foydalanilmayotgan imagelarni tizimdan o'chiradi. Bu imagelar hech qanday konteyner tomonidan ishlatilmaydi.
docker image pruneBu buyruq foydalanilmayotgan networklarni o'chirish uchun ishlatiladi. Agar network biror konteyner tomonidan ishlatilmayotgan bo'lsa, uni tizimdan olib tashlaydi.
docker network pruneBu buyruq Docker tizimida mavjud bo'lgan barcha keraksiz resurslarni o'chirish uchun ishlatiladi. -af parametrlarining ma'nosi quyidagicha:
-a (all)— Foydalanilmagan barcha konteynerlar, image, volume va networklarni o'chirish. Agar bu parametrsiz ishlatilsa, faqat konteynerlar va resurslar tizimda foydalanilmagan bo'lsa o'chiriladi.-aesa foydalanilmagan imagelarni ham o'chiradi.-f (force)— Buyruqni tasdiqlash so'rovisiz majburiy tarzda (force) bajarish.
docker system prune -afUshbu buyruq diskdagi bo'sh joyni maksimal darajada bo'shatadi, lekin ishlayotgan konteynerlar va networklarga zarar yetkazmaydi. Docker musorlarini tezda tozlash uchun ishlatsangiz bo'ladi ))
Docker registry bilan ishlash
Docker Registry — bu Docker imagelarini saqlash, yuklash va ulardan foydalanish uchun mo'ljallangan tizim. Docker Hub eng mashhur umumiy Docker registry hisoblanadi, lekin siz xususiy(shaxsiy, private) Docker registry ham o'rnatishingiz mumkin, masalan Harbor Container Registry, Nexus yoki Cloudda GCR ACR ACR.
Bu buyruq yordamida Docker registry'ga kirishingiz mumkin. docker login buyruqni ishlatganingizda, sizdan login va parol so'raladi.
docker login -u user-nameQuyidagi rasmnda qanday qilib Docker Hub registryga kirish ko'rsatilgan.
Agar sizda shaxsiy Container Registry bo'lsa quyidagicha login qilishingiz mumkin.
docker login helm.harbor.uz -u user-nameBu buyruq yordamida Docker registry'dan chiqishingiz(logout) mumkin.
docker logoutBu buyruq Docker imagenini registry'ga yuklash uchun ishlatiladi. Imageni yuklashdan oldin image nomi registry/repository:tag formatida bo'lishi kerak.
docker push registry/repo-name/image-nomi:tagRasmda o'zimdagi resdis:latest imagega ismoilovdev/redis-test:latest tag berib uni yangiladim bu yerda dockerhub bo'lgani uchun username yozdim.
Bu rasmda qanday Container Registryga docker image push qilish ko'rsatilgan
Docker imageni Container Registryga push qilganingizdan keyin Container Registryda u paydoi bo'lishi kerak bizning holatda Dockerhubda docker image paydo bo'ldi
Bu buyruq Docker registry'dan imageni yuklab olish uchun ishlatiladi. Image nomi va tegi kerak bo'ladi, agar tegi ko'rsatilmasa, latest tegi yuklanadi.
docker pull repo-name/image-nomi:tagRasmda Docker Hub dan image pull qilishga namuna
Rasmda GCR Google Conatiner Registry dan pull qilib olish ko'rsatilgan. Rasmga etibor bersangiz registry-manzili/repo-nomi/image-nomi:tag ko'rsatilgan bunda gcr.io/cadvisor/cadvisor:latest
Boshqa foydali buyruqlar
Bu buyruq konteynerlarning ish faoliyatini real vaqt rejimida ko'rish imkonini beradi. CPU, memory, network va disk bloklari bo'yicha o'zgarishlar ko'rsatiladi.
docker statsBu buyruq monitoring uchun yaxshi buyruq ))
Bu buyruq konteyner ichida ishlayotgan processlarni ko'rsatadi. Tizimda ishlayotgan ps kabi, konteyner ichidagi processlar ro'yxatini beradi.
docker top container-nomiBu buyruq konteynerdan host tizimiga yoki hostdan konteynerga fayl va kataloglarni nusxalash uchun ishlatiladi, yani siz host vm dan docker containerga file yoki katalog copy qilishigiz yoki containerdan host vm ga file katalog copy qilishingiz mumkin.
docker cp container-nomi:/app/data /home/user/pathBu buyruq ishlayotgan konteynerning nomini o'zgartirish uchun ishlatiladi.
docker rename eski-container-nomi yangi-container-nomiBu buyruq konteynerdagi barcha processlarni vaqtincha to'xtatadi. Keyin ularni docker unpause orqali qayta tiklash mumkin.
docker pause container-nomidocker pause konteyner ichidagi barcha processlarga SIGSTOP signali yuboradi, bu esa processlarni vaqtincha to'xtatadi. Processlar xotirada qoladi, lekin ular CPU ishlatmaydi.
Bu buyruq vaqtincha to'xtatilgan konteynerni qayta ishga tushiradi.
docker unpause container-nomidocker unpause konteyner ichidagi barcha processlarga SIGCONT signali yuboradi, bu esa to'xtatilgan processlarni qayta tiklaydi va ular odatdagidek davom etadi.
Bu buyruq konteyner ishlayotgan paytda uning resurslarini (CPU va memory cheklovlari) yangilash uchun ishlatiladi.
docker update --cpus 2 --memory 2g --memory-swap 3g container-nomiDocker resurslari (imagelar, konteynerlar, netwroklar, volumelar) tomonidan egallangan disk hajmini ko'rish imkonini beradi.
docker system dfBu qo'llanma sizga ancha yordam beradi deb umid qilaman.❤️
Sana: 2024.10.19(2024-yil 19-oktabr)
Oxirgi yangilanish: 2024.10.19(2024-yil 19-oktabr)
Muallif: Otabek Ismoilov
| Telegram (opens in a new tab) | GitHub (opens in a new tab) | LinkedIn (opens in a new tab) |
|---|